» » Afsonaviy Jon Jons so‘nggi jangida raqibini 20 soniyada nokautga uchratgan Frensis Ngannuni jangga chorladi

Afsonaviy Jon Jons so‘nggi jangida raqibini 20 soniyada nokautga uchratgan Frensis Ngannuni jangga chorladi


Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons og‘ir vazn toifasi vakili Frensis Ngannuni jangga chorladi.

“Nima deb o‘ylaysiz, qaysi biri tezlik va zarba texnikasi borasida yaxshiroq — Tiago Santosmi yoki Frensis Ngannu? Agar siz Santos bilan uchrashishimni istasangiz, u holda aqldan ozib qolibsiz. Yarim og‘ir vazn toifasida isbotlaydigan narsam qolmadi. Men Ngannuga qarshi jangda pul ishlab olmoqchiman. Shartnomani jo‘nating”, — deya yozadi Jons o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

O‘z navbatida Ngannu ham ushbu chorlovni qabul qildi.

“Agar mening texnikamga dosh bera olaman deb o‘ylasang, nima ham derdim, bu yaxshi. Biroq bir jabhada fikringga qo‘shilaman, yarim og‘ir vaznda sen isbotlaydigan narsa qolmadi, shunday ekan bizning jang katta pul uchun bo‘ladi”, — deya javob qildi Frensis.

Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida Jairzinyo Rozenstraykni 1-raundda nokautga uchratdi.

Ngannu og‘ir vazn toifasida harakat qiladi va mazkur yo‘nalish reytingida Stipe Miochich (chempion) va Deniel Kormyedan keyingi o‘rinda turadi. Jons esa yarim og‘ir vazn chempioni hamda UFC umumiy reytingi yetakchisi hisoblanadi.

UFC 249’ning barcha janglari videosini tomosha qiling.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют