Fergyuson Getjiga qarshi. UFC 249 musobaqasi juftliklari ma’lum qilindi
18-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 249 musobaqasining barcha ishtirokchilari ro‘yxati ma’lum qilindi.
Ushbu kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson (25-3) va Jastin Getji (21-2) o‘rtasida UFC yengil vazn toifasi vaqtinchalik kamari uchun kechadi.
Qolgan juftliklar bilan tanishing:
Jessika Andrade — Rouz Namayunas
Greg Hardi — Yorgan de Kastro
Visente Luke — Niko Prays
Kelvin Kattar — Jeremi Stivens
Jairzinyo Rozenstruyk — Frensis Ngannu
Yurayya Holl — Jakare Souza
Aleksandr Ernandes — Omar Antonio Morales
Marlon Vera — Rey Borg
Maykl Jonson — Hama Vorti
Sijara Yubenks — Sara Mora.
Rayan Spann — Sem Alvi
Eslatib o‘tamiz, avvaliga UFC 249 ning asosiy jangi yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq rossiyalik yakkakurashchi mamlakatdagi karantin sabab AQShga yetib kelolmadi. Shuningdek, mazkur kechada jang qilishi rejalashtirilgan Islom Maxachev va Umar Nurmagomedov ham Rossiyani tark etolmadi.
Manba: Daryo.uz