» » Yilning eng yaxshi UFC jangchisi aniqlandi

Yilning eng yaxshi UFC jangchisi aniqlandi


ESPN talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi aralash jang qoidalari ustasi aniqlandi.

Mazkur nomga amerikalik jangchi Daniel Kormye loyiq deb topildi. Kormye ushbu sovrinni faoliyati davomida 4-bor qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Konor Makgregor eng yaxshi jangchi deb topilgandi. 2017-yilda esa sovrin Demetrius Jonsonga nasib etgandi.

Ma’lumot uchun, Daniel Kormye 2019-yilning mart oyida 40 yoshni qarshilagandi. Ayni damda u vazn toifasidan qat’i nazar UFC jangchilari reytingini boshqarib kelmoqda. Kormye so‘nggi bor Derrik Lyuisni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Qayd etish joiz, u navbatdagi jangini Stip Miochichga qarshi o‘tkazadi. Jang 2019-yilning 17-avgust kuni UFC 241 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Shubhasiz, bu musobaqaning markaziy jangi bo‘ladi.

Ta’kidlash lozim, Kormye Miochichga qarshi birinchi marta oktagonga ko‘tarilmayapti. U 2018-yilning iyul oyida Stipni muddatidan avval mag‘lub etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют