» » Konor Makgregor MMA’ga qaytishini ma’lum qildi

Konor Makgregor MMA’ga qaytishini ma’lum qildi


Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida MMA’ga (aralash jang san’ati) qaytishini ma’lum qildi.

“Men muxlislarim qaysi dinga e’tiqod qilishlaridan qat’i nazar va qayerda bo‘lsalar ham, ular bilan olg‘a borishni xohlayman. Barcha dinlar bizni faqat yaxshilikka chaqiradi. Bu dunyo hamma uchun birdir. Oktagonda ko‘rishguncha”, — deb yozadi Konor.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart 30 yoshli jangchi MMA’dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng u UFC’dagi sobiq raqibi dog‘istonlik Habib Nurmagomedov bilan ijtimoiy tarmoqlarda janjal uyushtirdi. Keyinchalik Twitter’dagi haqoratomuz yozishmalarini o‘chirib tashladi.

Bundan tashqari sportchiga nisbatan zo‘rlash ayblovi qo‘yilib, tergov ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 2016-yilning aprel oyida ham Konor Makgregor aralash jang san’atidan ketishini e’lon qilgandi va biroz vaqtdan so‘ng u o‘z fikrini o‘zgartirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют