» » UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6-oktabrda bo‘lib o‘tadi

UFC tasdiqladi: Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6-oktabrda bo‘lib o‘tadi


Aralash jang san’ati (MMA) jangchilari — Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor 6-oktabr kuni ringda uchrashadi. Buni UFC kompaniyasi tasdiqladi, deya xabar bermoqda Meduza.

Avvalroq MMA’ning eng taniqli ikki vakili o‘rtasidagi jang aynan shu sanada o‘tishi haqida Habibning otasi va murabbiyi aytgan edi. Jang Las-Vegasda, UFC 229 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

THE FIGHT IS ON!@TeamKhabib vs @TheNotoriousMMA Oct. 6 in Las Vegas at #UFC229! pic.twitter.com/GHNzmj4eWY

— #UFC227 (@ufc) August 3, 2018

Rossiyalik Habib Nurmagomedov — MMA’dagi taniqli jangchilardan biri, yengil vaznda UFC’ning amaldagi chempioni. U faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, ularning birortasida mag‘lub bo‘lmagan. U chempionlik sovrinini 2018-yil aprelida qo‘lga kiritgan edi.

Irlandiyalik Konor Makgregor — MMA’ning eng asosiy yulduzlaridan biri. 2016-yili yengil vaznda UFC chempionlik sovrinini qo‘lga kiritgan, biroq uzoq vaqt davomida chempionligini himoya qilish jangini o‘tkazmagani uchun, sovrindan mahrum bo‘lgan.

Makgregor 2017-yili MMA’dagi ishtirokini vaqtincha to‘xtatib, klassik boks qoidalari asosida bokschi Floyd Meyvezerga qarshi jang o‘tkazgan (va yutqazgan).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 15) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют