» » Kinodagi debyuti 4 soniya davom etgan, sevimli aktyori sharafiga ismini o‘zgartirgan Akshay Kumar haqida qiziqarli faktlar

Kinodagi debyuti 4 soniya davom etgan, sevimli aktyori sharafiga ismini o‘zgartirgan Akshay Kumar haqida qiziqarli faktlar


Bollivud yulduzi, ijro mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olgan Akshay Kumar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.

View this post on Instagram

Do what you love and you’ll never have a problem with Monday ???????? #MondayMotivation

A post shared by Akshay Kumar (@akshaykumar) on

1. Asl ismi Radjiv Xari Om Bxatiya bo‘lgan, 1967-yil 9-sentabr kuni Hindistonda tug‘ilgan aktyor Kanada pasporti va fuqaroligi egasi hisoblanadi.

2. U 1987-yilda “Aaj” filmida 4 soniyalik rol ijro qilgan va filmda Akshay rolini gavdalantirgan bosh qahramon ijrochisi Kumar Gaurav ijrosidan ta’sirlanib, Mumbay sudida ismini rasman Akshay Kumarga o‘zgartirgan.

View this post on Instagram

If I had to describe shooting with @katrinakaif in one picture, this would be it :) #GoodVibesOnly #Sooryavanshi #BTS

A post shared by Akshay Kumar (@akshaykumar) on

3. Akshay taekvondo sport turi bo‘yicha qora belbog‘ sohibi sanaladi. Bundan tashqari u Bangkokdaligida tailandcha boksni ham o‘rgangan. Buni u jang sahnalarini qoyillatishidan ham payqash qiyin emas.

4. Mumbayga qaytganidan keyin Kumar jang san’ati bo‘yicha murabbiylik qila boshlagan. Uning shogirdlaridan biri modellik bilan shug‘ullanib ko‘rishni tavsiya qilgan va shundan keyin u ushbu sohada o‘zini sinashga qaror qilgan. Qolaversa, u ofitsiant, oshpaz sifatida ishlash hamda bir qancha filmlarda orqa fonda raqs tushishga ham muyassar bo‘lgan.

5. 1992-yilda suratga olingan “Sevgi shalolasi” filmidagi ijrosi uning Bollivuddagi ilk arzirli roli hisoblanadi. Bu rol unga nasib qilishiga reklamaga suratga tushish uchun ketishi kerak bo‘lgan samolyotdan kech qolgani sabab bo‘lgan. Ulgurmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan Akshay portfoliosi bilan kinostudiyaga boradi va u yerda prodyusser Pramod Chakravarti bilan “Sevgi shalolasi” filmi uchun shartnoma imzolaydi. Bundan avval u “Ont” filmida Shantipiya va Rakha Gulzar bilan birgalikda suratga tushgan va film unchalik mashhurlikka erishmagan.

6. Kumar karate bo‘yicha oliy yapon mukofoti “Katana” va qora belbog‘ sohibi hamdir. Bu hali hammasi emas, qahramonimiz Kanadadagi Vindzor universitetida faxriy doktor unvonini qo‘lga kiritgan.

7. Aktyor aktrisa Tvinkl Kxanna bilan turmush qurgan va ayni vaqtda ikki farzandi bor.

View this post on Instagram

An important day in my life with the most important people in the world to me, my family #NationalFilmAwards

A post shared by Akshay Kumar (@akshaykumar) on

8. Akshay Kumar ijtimoiy mavzudagi filmlarda suratga tushishdan qo‘rqmasligi uni boshqalardan ajralib turishiga sababchi bo‘ladi. Bunga u ijrosidagi “Loyiha. Toza Hindiston. Sevgi tarixi” filmi yaqqol misol bo‘la oladi.

9. U rol ijro qilgan “Rustom”, “Beybi”, “26 bo‘linma”, “Padmen” filmlarida bo‘lsa, millat, adolat va xurofot bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan.

View this post on Instagram

One has to take it a notch higher on the style quotient when you’re standing with Bebo, killing it in black! #HTLS2019

A post shared by Akshay Kumar (@akshaykumar) on

10. Shuningdek, aktyor arsenalida komik rollarni ham uchratish mumkin. “Qirol Singx”, “Omadsizga kuldi omad” va “To‘la uy” filmlari shular jumlasidan.

11. 2020-yilda? Forbes tomonidan e’lon qilingan eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlar ro‘yxati o‘ntaligidan Akshay Kumar ismi ham o‘rin olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют