» » Koronavirus pandemiyasining kutilmagan ta’siri haqida ma’lumot berildi

Koronavirus pandemiyasining kutilmagan ta’siri haqida ma’lumot berildi


Plastik jarrohlik sohasi koronavirus pandemiyasi tufayli jiddiy darajada kuchaydi. Bu haqda New York Times nashri xabar qildi.

Gazetaning qayd etishicha, pandemiya davrida odamlar orasida turli mobil ilovalar vositasida videoaloqa orqali qo‘ng‘iroqlar amalga oshirishlar soni ortgan. Ammo bunday o‘zgarishlar hammani ham xursand qilmayapti, ular kadrdagi ko‘rinishidan norozi bo‘lmoqda. Ushbu holatni deb ko‘pchilik plastik jarrohlarga murojaat qilmoqda.

“Bir yil ichida yoz mavsumi davomida bu qadar ko‘p yuz terisini torttirish operatsiyasini amalga oshirmaganman”, — deydi Atlantadagi plastik jarroh Dayana Aleksander.

Ayolning aytishicha 18-maydan iyul oxirigacha jami 251 ta jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, mijozlarning aksariyati Zoom ilovasi orqali ko‘rinishlari juda dahshatli ekanidan nolib, unga murojaat qilgan.

Nashr mazkur trendni kutilmagan burilish deb atagan, sababi AQShda plastik jarrohlik anchayin qimmat: bitta amaliyot narxi taxminan 3,3 mingdan 25 ming dollargacha turadi. Ko‘pincha plastik jarrohlik operatsiyalari sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilmaydi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют