» » AQShda koronavirus qurbonlari soni 170 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 170 ming kishidan oshdi


AQShda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 170 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib kelayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

AQSh ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan Braziliya (107 852) va Meksika (56 543) o‘rin olgan. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab hozirga qadar 777 649 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

Shuningdek, AQShda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 5,4 million kishidan oshgan. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (3,3 million), undan keyin esa Hindiston (2,5 million) ketmoqda. Rossiya 922,8 ming bemor bilan 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, JAR kuchli beshlikka yakun yasagan — 587,3 ming. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 21,5 million kishidan oshgan.

AQShda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha birinchi prognoz Oq uy tomonidan aprel oyi boshlarida taqdim etilgandi. O‘shanda ekspertlar mamlakatda vaziyat yomonlashgudek bo‘lsa, qurbonlar soni 2,2 million kishiga yetishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach prezident Donald Tramp mamlakatda COVID-19 qurbonlari soni 100 ming atrofida bo‘lishi bildirgandi.

Mavzuga doir: JSST COVID-19’ga qarshi kurashni davom ettirish uchun kamida 100 mlrd dollar kerakligini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют