» » Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi yangi ko‘rinishda ish boshlaydi (foto)

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi yangi ko‘rinishda ish boshlaydi (foto)


“O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan qayta ta’mirlanayotgan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tez kunda yangicha va zamonaviy ko‘rinishda tomoshabinlarni kutib oladi, deb xabar beradi agentlik axborot xizmati.

Yangidan ta’mirlanayotgan kinosaroyda 2020-yilning so‘nggiga qadar 10 dan oshiq filmlarning katta premyerasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Premyerasi kutilayotgan filmlar sirasiga “Ibrat”, “Tengiz”, “Tanho qayiq”, “O‘zbekcha ajrashish”, “Orzular qanotida”, “Men terorchi emasman”, “Muhabbat bahori”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “Rangsiz tushlar”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”, “Shapatillo va qizil sumkacha”, “Baron-2” kabi kinoasarlar kiradi.

Hozirda kinosaroyning qarovsiz qolgan qismlari qayta ta’mirlanib, jihozlanmoqda. Kinosaroy birinchi qavatida retro avtomobillardan iborat eksponatlar, ikkinchi qavatda esa mototsikllar ko‘rgazmasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, chipta sotish xonalari, ovqatlanish burchaklari, kutish zallari ham qayta yangilanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют