» » Toshkentda Yaponiya kinosi kunlari boshlandi

Toshkentda Yaponiya kinosi kunlari boshlandi


Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Kino kunlarida Yaponiya kinematografiya san’atining o‘ziga xos jihatlarini aks ettirgan ikkita badiiy va uch animatsion film tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Qiziqarli voqealarga boy mazkur asarlar yapon xalqining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, yoshlarining dunyoqarashi va ichki kechinmalari haqida tasavvur uyg‘otadi.

Madaniy anjuman Tomoyuki Furumaya tomonidan suratga olingan “Voyaga yetmaganlar uchun Busido” filmi namoyishi bilan boshlandi. “Miyori va sehrli o‘rmon”, “Nafis so‘zlar bo‘stoni”, “Yoz kechasidagi uyqu”, “Pakana Maruko” kabi filmlar namoyish etiladi.

Tadbirning ochilishida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito va boshqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni katta ekanini qayd etdi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi va Yaponiyaning elchixonasi hamkorligida o‘n ikkinchi bor tashkil etilgan Yaponiya kinosi kunlari 26-martga qadar davom etadi.

Kino ixlosmandlari tadbir kunlari Yaponiyaning taniqli kino ijodkorlari – rejissyorlar, aktyorlar va ssenariy mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют