» » Toshkentda “Yapon kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Yapon kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi


24—26-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida yapon tili va madaniyatiga qiziquvchilar uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda “Yapon kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

O‘zbek kinoixlosmandlari e’tiboriga yapon rejissorlarining beshta — ikkita badiiy va uchta animatsion filmlari havola etiladi.

Filmlarda yapon maktablarining hozirgi ahvoli, jamiyatdagi dolzarb muammolar va albatta sevgi haqida hikoya qilinadi.

Festival ochilishi 24-mart soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Birinchi bo‘lib rejissor Tomoyuki Furumayaning “O‘n olti yoshlilar uchun Busido” dramasi namoyish etiladi.

Filmda yapon xalqining g‘alabaga intiluvchanligi hamda ruhiy olami hislatlari yorqin tasvirlab berilgan.

Barcha filmlar yapon tilida rus subtitrlari bilan namoyish etiladi. Toshkentdagi Yaponiya elchixonasining xabar berishicha, namoyishlarga kirish barcha xohlovchilar uchun bepul.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют