» » Bentley eng kuchli va eng tezkor krossoverni taqdim etdi

Bentley eng kuchli va eng tezkor krossoverni taqdim etdi


Britaniyaning Bentley avtomobilsozlik kompaniyasi reystaylingdan o‘tgan hashamatli Bentley Bentayga Speed krossoverini taqdim etdi. Avtomobil soatiga 306 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Model sayyoradagi eng tezkor seriyali yo‘ltanlamas hisoblanadi, deb yozadi Car Buzz.

Bentley Bentayga Speed’ga ikkitalik W12 turbopuflagichga ega olti silindrli dvigatel o‘rnatilgan. Uning quvvati 626 ot kuchiga ega. Krossover soatiga 100 kilometr tezlikka 3,9 soniyada erisha oladi.

Model to‘liq raqamli qurilmalar paneliga, zamonaviy proyeksion displey va monitor o‘lchami 10,9 dyuymli yangi multimedia tizimi, Apple CarPlay protokoli bo‘yicha smartfonga simsiz ulanish imkoniyaga ega.

Ekspertlarning fikricha, Bentayga Speed’ni 2020-yildan boshlab buyurtma qilish mumkin bo‘ladi. Avtomobilsozlik kompaniyasi model narxi haqida ma’lumot bermagan.

Shu yilning aprel oyida Britaniya kompaniyasi “dunyodagi eng tezkor krossover”ning tizeri bilan bo‘lishgan edi.

Mavzuga doir: Bentley charmi bilan bezatilgan Mercedes-Benz miniveni taqdim etildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют