» » YChL. “Leypsig” — PSJ va “Lion” — “Bavariya” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

YChL. “Leypsig” — PSJ va “Lion” — “Bavariya” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvlarga hakamlar tayinlandi.

“Leypsig” va PSJ o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni Byorn Kuypers boshchiligidagi niderlandiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi. VAR tizimida Pol van Bukel ishlaydi. To‘rtinchi hakam — Artur Diash (Portugaliya).

Uchrashuv 18-avgustdan 19-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

“Lion” — “Bavariya” uchrashuvi ispaniyalik Antonio Migel Mateu Laosga ishonib topshirilgan. Unga Pau Sebrian Devis va Roberto Dias Peres del Palomar assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam — Karlos del Serro Grande. Alexandro Ernandes Ernandes esa videotakrorlarga javob beradi.

Ushbu jamoalar ishtirokidagi o‘yin 19-avgustdan 20-avgustga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют