» » O‘zbekistonda har yili 200 ming kishi mehnat migrantiga aylanmoqda

O‘zbekistonda har yili 200 ming kishi mehnat migrantiga aylanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-avgust, dushanba kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu masala O‘zbekiston tarixida birinchi marta bunday formatda muhokama qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xorijiy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim yaratiladi

Qayd etilishicha, mamlakatda har yili 600-700 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi. Iqtisodiyot tarmoqlarini va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijasida yiliga 500 minggacha ish o‘rni yaratilmoqda. Shuning uchun, qariyb 200 ming kishining bandligini tashqi mehnat migratsiyasi orqali ta’minlashga to‘g‘ri kelmoqda. “Bu tabiiy jarayon, barcha rivojlanayotgan davlatlar shunday bosqichdan o‘tgan. Qayerda mehnat migratsiyasi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, bandlik, oilalar daromadi, malakali mutaxassislar ko‘paygan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, keyingi yillarda xorijdagi vatandoshlarning huquqlarini himoya qilish, sharoitlarini yaxshilashga e’tibor kuchaydi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va BAA bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi. Chet ellarda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Shunga qaramay, yechimini kutayotgan muammolar hali ko‘p.

Mavzuga doir: “Migrant bo‘lish oson emas. Bu ashaddiy sinov” — Abdulaziz Komilov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют