» » Mehriddin Xayriddinov bosh vazirning tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Mehriddin Xayriddinov bosh vazirning tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi


Mehriddin Xayriddinov bosh vazir maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmatiga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Mehriddin Xayriddinov O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida bosh konsul lavozimida ishlab kelgan. Bosh vazir maslahatchisi lavozimini 2019-yil avgust oyidan buyon Komil Rashidov egallab kelayotgandi.

Mehriddin Xayriddinov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1999-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan. G‘ijduvon tumanidagi 46-maktabda 2000—2001-yillarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2001—2008-yillarda Mehriddin Xayriddinov Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1, 2, 3-toifa muhandisi, tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Mehriddin Xayriddinov Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 2008—2010-yillarda yetakchi mutaxassis, 2010—2014-yillarda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasining 1-kotibi, 2014—2017-yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, so‘ngra 2017—2018-yillarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsuli bo‘lgan.

Bosh vazirning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi Prezidentning 2019-yil 20-avgustdagi chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning oilalarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-avgust, dushanba kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda xorijiy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim yaratilishi ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют