» » “O‘zbekneftgaz”ga 15 oy ichida 4-rahbar tayinlandi

“O‘zbekneftgaz”ga 15 oy ichida 4-rahbar tayinlandi


Bahodir Siddiqovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Mehriddin Abdullayev “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Mehriddin Abdullayev yildan yilga, oydan oyga ishlab chiqarish hajmlari pasayib borayotgan “O‘zbekneftgaz”ning keyingi 15 oydagi 4-rahbari.

Ma’lumot uchun, 2018-yil sentabrgacha kompaniyaga Alisher Sultonov, 2018-yil sentabrdan 2019-yil fevralgacha Bahrom Ashrafxonov, 2019-yil fevraldan 2020-yil yanvargacha Bahodirjon Siddiqov rahbarlik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2020, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют