» » Britaniya shahzodasi Garri hujjatli filmda suratga tushdi

Britaniya shahzodasi Garri hujjatli filmda suratga tushdi


Britaniya qirollik oilasi vakili, shahzoda Garri Netflix tomonidan suratga olingan “Parvozdagi qaqnus” (Rising Phoenix) hujjatli filmida suratga tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilariga bag‘ishlangan film 26-avgustda ekran yuzini ko‘radi. Shahzoda Garri filmda jangovar mojarolarda jarohat olgan sobiq va amaldagi harbiylar uchun tashkil qilingan “Yengilmaslar o‘yini” musobaqasining asoschisi rolini ijro qilgan.

“Bu dunyoda sportdan boshqa sizni qorong‘ilikdan xalos etishi mumkin bo‘lgan narsa yo‘q”, — deydi Garri filmda.

Netflix ma’lumotiga ko‘ra film inson salohiyatidagi xilma-xillik, nogironlik haqidagi dunyoqarashni o‘zgartirishga asoslangan harakat tarixi haqida hikoya qiladi.

Avvalroq Megan Markl va shahzoda Garri haqida “Qasrdan qochish” nomli filmi suratga olinishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют