» » O‘zbekistondagi iOS foydalanuvchilari yoppasiga VPN-ilovalarni o‘rnatishni boshladi

O‘zbekistondagi iOS foydalanuvchilari yoppasiga VPN-ilovalarni o‘rnatishni boshladi


O‘zbekistonlik iOS foydalanuvchilari yoppasiga VPN-ilovalar o‘rnatishni boshladi. Bu haqda App Annie mobil tahlil servisining ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

17-avgust holatiga kelib beshta eng ko‘p yuklab olingan ilovalardan naq to‘rttasi — VPN. Bunday holat so‘nggi uch yilda ilk bora kuzatilmoqda. Android foydalanuvchilari tomonidan VPN’ni yuklab olish darajasi bu qadar yuqori emas.

Iyul oyining boshlarida mobil VPN yana foydalanuvchilar o‘rtasida mashhurlasha boshlagani, bu hodisa Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ulanishda muammolar yuzaga kelishi bilan bir vaqtda sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Avgust oyidan boshlab esa ayrim foydalanuvchilar Instagram’ga ulanishda ham muammolar yuzaga kelayotganini xabar bera boshladi. Buni Downdetector servisi ma’lumotlari ham tasdiqlamoqda.

Iyul oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Facebook bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib, vazirlik hech qanday cheklovlar o‘rnatmayotganini ma’lum qilgandi. Avgust oyida Milliy ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Facebook’ka kirishda duch kelinayotgan muammoga yana bir bor to‘xtalib o‘tgandi.

Bu – O‘zbekistonda saytlarga ulanish murakkablashishi fonida VPN’ning ommalashuviga doir birinchi holat emas. 2018-yil avgustida ham xuddi shunday vaziyat yuzaga kelib, muammo 2019-yilning yanvarida barham topgandi.

O‘tgan yilning avgustida o‘sha paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasida ishlab turgan Komil Allamjonov Alter Ego dasturi doirasida bloger Kirill Altmanga bergan intervyusida agentlik buning uchun o‘z hissasini qo‘shganini aytgan edi. Facebook va YouTube’ni bloklaganlar kimlar, deya berilgan savolga Allamjonov “ular allaqachon qamoqxonada o‘tirgani”ni aytib javob bergan edi.

Allamjonov, shuningdek, VPN barcha xavfsizlik tizimlarini buzib yuborishiga diqqat qaratgan edi. Agar barcha yoppasiga VPN ishlata boshlasa, davlatda, masalan, narkotik savdosi bilan shug‘ullanishni targ‘ib qiluvchi yoki turli aksilkonstitutsion harakatlarga chorlovchi terroristik saytlarga kirishni nazorat qilish vositasi qolmaydi, degan edi ayni paytda Milliy mass-media fondiga rahbarlik qilayotgan Komil Allamjonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют