» » Facebook va Instagram foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar ishida uzilishlarga duch keldi

Facebook va Instagram foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar ishida uzilishlarga duch keldi


Butun dunyo bo‘ylab Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari ushbu servislar ishida muammolarga to‘qnash keldi, deb yozadi “RIA Novosti” Downdetector saytiga tayanib.

Nosozliklar 20-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 atrofida boshlangan. Muammolar Angliya, AQSh, Polsha, Vengriya va Braziliya aholisida qayd etilgan.

Foydalanuvchilar tizimga kirishda muammolar yuzaga kelayotgani, shuningdek, sahifada Service Unavailable yozuvi paydo bo‘layotganidan shikoyat qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekistonda Facebook va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kirish, YouTube videoxostingidan foydalanish bilan bog‘liq muammolar tashqi internet-kanal sig‘imini kengaytirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют