» » Hubble teleskopi “Go‘sht changagi” galaktikasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi

Hubble teleskopi “Go‘sht changagi” galaktikasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi


Hubble kosmik teleskopi “Go‘sht changagi” nomli noodatiy galaktikani tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Galaktika surati observatoriyaning rasmiy saytida paydo bo‘lgan.

NGC 2442 yoki “Go‘sht changagi” galaktikasi bu kabi nomga o‘z shaklining asimmetrik bukilgani sabab ega bo‘lgan.

Olimlar galaktikada yangi SN2015F portlashni qayd etgan. U ikkitalik yulduz tizimining bir qismi bo‘lgan oq mittilar tomonidan paydo bo‘lgan. Yulduz o‘z materiyasi juda ko‘payib ketguniga qadar “sherigi”ning massasini yutgan. Bu esa yulduzni barqarorlikdan chiqarib yuborib, yangi portlashga olib kelgan.

Ta’kidlanishicha, SN2015F portlashi kuchli bo‘lganidan uni Yerdan turib, kichikroq teleskop yordamida ham kuzatish imkoni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Hubble teleskopi Somon yo‘lining ulkan egizagining surati bilan bo‘lishgan edi.

Mavzuga doir: “Tepadan qaraganda yaxshiroq ko‘rinadi”. Kosmik hodisa va voqealar tasvirlangan eng yorqin suratlar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют