» » Kuzda urfga kiruvchi manikyurlar (foto)

Kuzda urfga kiruvchi manikyurlar (foto)


Ko‘plab kuzgi manikyur trendlari o‘tgan mavsumlardan tanish. Frenchning rang-barang ko‘rinishlari, gradiyent yoki yorqin rang kabilar. Shakl va uzunlik masalasi esa har kimning o‘z xohishiga bog‘liq. Ammo kuz faslida tabiiy, qisqa, bodomsimon va yumshoq kvadrat shakldagi tirnoqlar urfga kiradi. Shuningdek, yangi mavsumda urfga kirishi kuzatilayotgan yorqin ranglar ham bor.

Yarim oy

“Yarim oy” shakli nafaqat sumkalar dizaynida, balki manikyurda ham urfga kiradi. Ushbu ko‘rinish “french”ga o‘xshash bo‘lib, ba’zida “teskari fransuz manikuri” deb ham ataladi. Ushbu dizaynda yarim oy shakli tirnoqning asosiy qismi, yon tomoni va uchida aks etadi. Ularni noodatiy tarzda tirnoqqa tushirish kasb egalarining mahoratiga bog‘liq. Ranglar ham turlicha – qoradan tortib yorqin ranggacha bo‘lishi mumkin.

Metall rang

Metall ranglar odatda Yangi yil bayrami arafasida urfga kirar edi. Lekin 2020-yilning kuz fasli palitrasidan kumush va tilla rang joy oldi. Agar ushbu mavsumda kiyiladigan liboslar aynan metall rang bo‘lsa, u holda tirnoqlar dizayni ham shunga mos keladi. Ushbu dizaynda rangsiz yoki yaltiroqsiz bo‘yoq ustidan metall ranglar bilan turli xil shaklda berilgan bezak tirnoqlarni yanada go‘zal ko‘rinishga olib keladi.

Toshlar

Bezak va toshlar tirnoq bo‘yoqlari urfga kira boshlagan davrni yodga soladi, albatta. Aynan yana o‘sha dizaynlar urfga qaytmoqda. Lekin bu tirnoqning butun plastinkasini tosh va ko‘zlarga to‘ldirib chiqish degani emas. Ularning dizayni umuman boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Toshlar yordamida tirnoqqa biroz nafislik bag‘ishlash mumkin. Shuningdek, ushbu uslubdan foydalanishda tirnoq yuzasiga yopishtiriladigan toshchalarning bemavrid tushib ketishini ham inobatga olish kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют