» » Superliga. “Qizilqum” autsayderlar to‘qnashuvida “Buxoro”ni yengdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Superliga. “Qizilqum” autsayderlar to‘qnashuvida “Buxoro”ni yengdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 10-turi doirasida “Qizilqum” va “Buxoro” jamoalari 18-avgust, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida navoiyliklar legioneri Ibrohim Tomiva penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirdi. Mazkur gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

Shu tariqa “Qizilqum” 10-turga kelib joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar jamoa ortda qolgan 9 turda ikkita durang va yetti mag‘lubiyat qayd etgandi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Qizilqum” ochkolarini 5 taga yetkazib oldi va 13-o‘ringa ko‘tarildi. “Buxoro” (3) esa g‘alabasiz seriyasini davom ettirgan holda so‘nggi o‘ringa ravona bo‘ldi.

Coca-Cola Superliga

10-tur bahsi

Gol: 1:0 – 49, penalti Tomiva.

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Oybek Qilichev, Erkin Baydullayev, Alisher Sanoyev, Jasur Azimov (Sunnatilla Abdullajonov 73) , Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva (Salim Mustafoyev 83), Oleg Tolmasov, Doston Ibragimov (Qadamboy Nurmetov 31).

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Bober Amanov, Anvar Jo‘rayev, Jasur Hakimov (Shahzod Beshimov 75), Zohir Pirimov (Izzatilla Abdullayev 70), Jasur Hasanov, Bekzod Saidov (Suhrob Ne’matov 61), Ergash Ismoilov, Aziz Amonov (Behruz Sa’dulloyev 70), Solibek Karimov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют