» » Olmaliqda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli yigit Nexia’ni katta tezlikda boshqarib, Damas’ga urildi (video)

Olmaliqda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli yigit Nexia’ni katta tezlikda boshqarib, Damas’ga urildi (video)


Toshkent viloyati Olmaliq shahrida haydovchilik guvojnomasi bo‘lmagan 19 yoshli yigit Nexia avtomobilini katta tezlikda boshqarib, to‘xtab turgan Damas’ga borib urildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15-avgust kuni soat 18:20 da Toshkent viloyati Olmaliq shahri Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Nexia avtomobilini katta tezlikda harakalantirib ketayotgan 2001-yilda tug‘ilgan R.A. ushbu ko‘chada joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustaxona oldida to‘xtab turgan Damas avtomobiliga to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Nexia taksi xizmatini ko‘rsatuvchi YTHni sodir etgan R.A haydovchilik guvohnomasiga ega emas.

Yo‘l transport hodisasi natijasida hech kimga jarohat yetmagan. Ikkala avtoulov texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) bilan ma’muriy ish qo‘zgatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют