» » Yakkasaroyda o‘zi ishlagan joyning omboridan deyarli 154 mln so‘mlik kameralarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Yakkasaroyda o‘zi ishlagan joyning omboridan deyarli 154 mln so‘mlik kameralarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi omborda o‘g‘rilik sodir qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, yanvar oyidan avgust oyiga qadar 26 yoshli jizzaxlik Sardor A. o‘zi yukchi bo‘lib ishlagan MChJlardan birining omborxonasidan 36 yoshli Abbos K.ga tegishli narxi 153 988 380 so‘m bo‘lgan kuzatuv kameralari va boshqa moslamalarini o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют