» » Yakkasaroyda xitoylik ayolning 5000 AQSh dollari, 2 million so‘m pulini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Yakkasaroyda xitoylik ayolning 5000 AQSh dollari, 2 million so‘m pulini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Xitoy fuqarosini tunagan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 3-avgust kuni soat 22:40 da, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida Xitoy fuqarosi 24 yoshli D.Y. (ayol) boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida to‘xtab turgan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxs uning avtomashinasiga o‘tirib olgan. So‘ngra uni har xil so‘zlar bilan chalg‘itib, avtomashinasida bo‘lgan ayollar sumkasi, uni ichidagi fuqarolik pasporti,  haydovchilik guvohnomasi, 5000 AQSh dollari, 2 million so‘m puli, qo‘l soati va Xitoy banklariga tegishli bank kartalarini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergovga kirishilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 23 yoshli M.S. va 25 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlanib, ulardan ashyoviy dalil tariqasida 3 400 AQSh dollari o‘rnatilgan tartibda olingan.

M.S. va M.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют