» » Parkentda uyali telefon, 2 ming dollar va 500 ming so‘m pul uchun talonchilik qilgan shaxslar qamoqqa olindi

Parkentda uyali telefon, 2 ming dollar va 500 ming so‘m pul uchun talonchilik qilgan shaxslar qamoqqa olindi


Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Toshkent viloyati Parkent tumanida sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini oshkor etdi.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning 16-mart kuni soat 10:30 da 29 yoshli Q.N., 24 yoshli X.E. va 22 yoshli A.T. o‘zaro jinoiy til biriktirib, Parkent tumani, Zarkent qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Zarkent—Parkent avtomobil yo‘lining chekka qismida 38 yoshli U.Sh.ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan.

Ular fuqaroga tegishli bo‘lgan bahosi 2 million so‘mlik LGmarkali uyali aloqa vositasi, 2 ming AQSh dollari hamda 500 ming so‘m naqd pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida X.E.dan ashyoviy dalil tariqasida LG markali uyali aloqa vositasi olingan.

Jinoyat ishi yuzasidan A.T., Q.N. va X.E. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют