» » Farg‘onada kechasi Nexia’ni to‘xtatib, 36,7 mln so‘m pul va telefonni talonchilik yo‘li bilan olgan jinoiy guruh fosh qilindi

Farg‘onada kechasi Nexia’ni to‘xtatib, 36,7 mln so‘m pul va telefonni talonchilik yo‘li bilan olgan jinoiy guruh fosh qilindi


Farg‘onada 22 yoshli S.A. boshqaruvidagi Nexia’ni to‘xtatib, uning ichidan katta miqdordagi pul va haydovchining telefonini talonchilik yo‘li bilan tortib olgan jinoiy guruh vakillari ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan.

2020-yilning 23-iyun kuni soat 23:45 da 22 yoshli S.A. boshqaruvidagi Nexia Qo‘qon—Buvayda avtomobil yo‘lida Uchko‘prik tumani Kaltatoy qishlog‘i hududiga yetib kelgan vaqtida noma’lum shaxslar tomonidan kulrang Nexia-1’da to‘xtatilgan. Talonchilar haydovchini urib, avtomashina salonidan 36 million 700 ming so‘m pul hamda bahosi 1 million 600 ming so‘mlik Redmi-7 telefonini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoshli M.A., 24 yoshli J.J., 21 yoshli J.Y. va M.U. (21 yoshli ayol) sodir etgani aniqlangan. J.J.dan Redmi-7 rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mavzuga doir: Parkentda uyali telefon, 2 ming dollar va 500 ming so‘m pul uchun talonchilik qilgan shaxslar qamoqqa olindi

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Mavzuga doir: Dehqonobodda Surxondaryodan kelayotgan yuk mashinasini to‘xtatib, haydovchiga nisbatan talonchilik qilgan 3 yigit ushlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют