» » Namanganda Nexia’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, haydovchiga pichoq bilan jarohat yetkazgan bosqinchi qo‘lga olindi

Namanganda Nexia’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, haydovchiga pichoq bilan jarohat yetkazgan bosqinchi qo‘lga olindi


Namangan shahrida 5-may kuni noma’lum shaxs 6-kichik tuman hududidan Madaniy Maorif mahallasida yashovchi 29 yoshli I.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, 1-kichik tumani Olmazor ko‘chasiga yetib kelganida u haydovchining chap ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, 80 000 so‘m puli va Nokia rusumli mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Natijada I.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Nurobod mahallasida yashovchi 25 yoshli I.S. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют