» » Farg‘onada haydovchiga pichoq urib, mashinasini olib qochgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi

Farg‘onada haydovchiga pichoq urib, mashinasini olib qochgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi


28-may kuni Farg‘ona shahrida noma’lum shaxs Bozorboshi ko‘chasida yashovchi I.A. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Farovonlik ko‘chasiga yetib kelganida haydovchi I.A.ning o‘ng qo‘l kaft va bo‘yin qismiga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan tushirib yuborib, avtomashinani noma’lum tomonga haydab qochgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa oqibatida haydovchi I.A. kasalxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Sayilgoh ko‘chasida yashovchi 6-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi J.T. sodir etganligi aniqlandi.

J.T. avtomashinani Farg‘ona shahrida haydab ketayotganida ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют