» » Yakkasaroyda Spark ichidan 7,6 mln so‘mni o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga olindi

Yakkasaroyda Spark ichidan 7,6 mln so‘mni o‘g‘irlagan yigitlar qo‘lga olindi


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida noma’lum shaxs Bobur ko‘chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroning Spark rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘ida turgan, ichida 7,6 million so‘m puli bo‘lgan sellofan paketni olib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, 1983-yil va 1994-yilda tug‘ilgan, Sirg‘ali tumanida yashovchi ikki shaxs qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют