» » Kuzda yuz terisini qanday parvarishlash kerak?

Kuzda yuz terisini qanday parvarishlash kerak?


Kuz fasli boshlanishi bilan ob-havo keskin o‘zgarib, yuz terisi quruqlasha boshlaydi. Sovuq, shamol, yomg‘ir – bunday havoda har qanday teri parvarishga muhtoj bo‘ladi. Ayniqsa, kosmetik vositalarni tanlashda e’tiborli bo‘lish lozim. Chunki ular terining tabiiy himoya xususiyatlarini yaxshilaydigan va himoya gidropolid plyonkasini saqlaydigan maxsus tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak. Cosmopolitan nashri kuzda terini qanday parvarishlash kerakligi haqida material tayyorladi.

 

Namlanish va oziqlanish

Kuzda birinchi galda teri namlanishi va oziqlanishi zarur. Yozgi issiqlik pasaygan, demak, zich to‘qimalarga ega kremlarga ehtiyoj katta. Kelayotgan qish mavsumini ham o‘ylash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sovuqda terini, avvalo, A, C, E faol vitaminlar bilan to‘yinganligiga alohida e’tibor berish zarur.

Quyoshdan himoya

Kuzda quyosh nuri yozdagi kabi emas, ammo ultrabinafsha nurlardan himoya qilish darajasini pasaytirsa bo‘ladi, ammo buni umuman unutmaslik kerak. Terisi pigmentatsiyaga moyil bo‘lganlar uchun doim SPF kremlardan foydalanish tavsiya etiladi, ammo kuzda terini himoya qilish 10-15 darajaga kamayishi mumkin, yozda esa 20-30 darajani tashkil qilishi kerak.

Piling va skrab

Shuningdek, yoz mavsumida yuzni chuqur tozalash dasturlarini (piling, skrab) boshlasa bo‘ladi. Ammo yozda quyoshning yuqori darajada faolligi va chuqur tozalash dasturlar pigmentatsiyani hamda quyosh nuri ta’sirining boshqa oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Tozalash

Teri tozalash vositalariga ko‘proq ehtiyot bo‘lish zarur. Agar terining sezgirligi yuqori bo‘lmasa, tozalash spektrlari barcha vositani bajaradi – mitselyar suvdan gelgacha. Sezuvchanligi yuqori terilar uchun mussa va penkani qo‘llash tavsiya etiladi. Bundan tashqari kuzda husnbuzarlar ko‘payishi mumkin. Odatda, yallig‘lanish jarayonining kuchayishi quyosh mavsumi tugaganidan bir yarim oy o‘tgach sodir bo‘ladi. Kuzning boshlanishi husnbuzarlarni davolash uchun eng qulay vaqtdir.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют