» » Bosh prokuratura koronavirusni davolovchi dori sotayotgan BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganishni boshladi

Bosh prokuratura koronavirusni davolovchi dori sotayotgan BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganishni boshladi


Bosh prokuratura BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganishni boshlagan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib O‘zA xabar bergan.

Avval BEVERLee Businees kompaniyasining firibgarlikga asoslangani va o‘z mahsulotlarini koronavirus infeksiyasiga davo sifatida pullayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

“BEVERLee Businees mas’uliyati cheklangan jamiyati go‘yoki Yaponiyada ishlab chiqarilgan marjon kalsiy biologik faol qo‘shimchasini yuzdan ortiq kasalliklarga, hatto kar, soqov, ko‘rlikni ham tuzatuvchi shifobaxsh dori sifatida tanishtirmoqda. Telegram’dagi “BEVERLee salomatlik akademiyasi”, “BEVERLee klub qo‘shimcha daromad” guruhlarida “Aktivniy koralloviy kalsiy” va “Koenzim QH” biologik faol qo‘shimchalarni 200 dan ortiq dardga davo sifatida reklama qilib, tarmoqli biznes yo‘li orqali sotmoqda. A’zo bo‘lish uchun 390?400 AQSh dollariga 9 ta mahsulotni sotib olish lozim. BEVERLee Businees vakillari mahsulot Olmaotadan kelishini, ammo Yaponiyada ishlab chiqarilishini aytgan. Ushbu jamoaning Telegram sahifalarida turli guruhlari mavjud bo‘lib, ular bir necha yillardan beri saflarini kengaytirib kelmoqda”, — deyiladi maqolada.

Shuningdek, kompaniya 120?300 nafar hamkor to‘plagan vakillariga avtomobil sovg‘a qilishni va’da bergan. “Avtomobilga ega bo‘lish ilinjida marjon kalsiyini saratondan tortib, soqovlikni ham tuzatib yuborishiga xaridorlarni aniqrog‘i sodda odamlarni ishontirishga to‘g‘ri keladi”, — deyiladi maqolada.

O‘zA BEVERLee Businees kompaniyasining shubhali faoliyati to‘g‘risida 2019-yilning dekabrida ham tahliliy maqola e’lon qilgandi. Biroq shunga qaramay, kompaniyaga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil sentabr oyida O‘zbekistonda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarni jalb qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyat olib borganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulklarni jalb qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyat olib borish hamda bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash ko‘p miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan OAV yoki telekommunikatsiya tarmoqlari hamda internetdan foydalangan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, EKIHning 300 dan 500 barobarigacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga jalb etish yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishiga sabab bo‘ladi.

Mazkur faoliyat juda ko‘p miqdorda, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют