» » Qashqadaryoda Gulnora Karimova davrida qurilgan forumlar saroyi to‘rt yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi

Qashqadaryoda Gulnora Karimova davrida qurilgan forumlar saroyi to‘rt yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova davrida qurilgan forumlar saroyi to‘rt yulduzli mehmonxonaga aylantiriladi. Bu haqda “Qashqadaryo gazetasi” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Gulnora Karimova davrida forumlar saroyi sifatida qurila boshlangan va o‘tgan yillar davomida qarovsiz qolgan bino auksion savdoda “Tong suv qurilish” MChJ tomonidan sotib olingan.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan MChJ mas’ullarining ma’lumot berishicha, chala qurilgan binoning auksiondagi narxi 2 milliard so‘mdan oshgan. Mehmonxona qurilishi uchun esa 10 milliard so‘m sarflanishi ko‘zda tutilgan.

“Mehmonxona 140 o‘ringa mo‘ljallanadi, — deydi jamiyat rahbari Poyon Jo‘rayev. — Qurilish-jihozlash ishlari uchun 3 milliard so‘m o‘z mablag‘imiz, 7 milliard so‘m bank krediti yo‘naltirishni maqsad qilganmiz. Hozirgacha o‘z hisobimizdan 5 milliard so‘m sarmoya kiritdik. Qo‘shimcha xonalar qurildi, tom qismi yopildi, binoning avvalgi ko‘rinishiga ancha o‘zgarish kiritildi. Qurilish materiallari, jihozlar olib kelish bo‘yicha Xitoy bilan shartnoma qilganmiz. Mehmonxonani 2021-yil oxirigacha foydalanishga topshirish maqsad qilingan”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSh, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom etayotganini aytgandi. Undan oldin esa Adliya vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekistonning vakolatli idoralari ishtirokida Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mulklarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida 2020-yilning 14-may kuni Fransiyadan 10 million AQSh dollari miqdoridagi aktivlar O‘zbekistonga qaytarilgandi.

Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni 2020-yil 18-mart kuni nihoyasiga yetgan bo‘lib, u 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Qolgan sudlanuvchilarga ham sodir etilgan jinoyatlarning og‘irlilik va ijtimoiy xavflilik darajasi hamda ularning jinoyatlardagi ishtirokidan kelib chiqib, tegishli jazolar tayinlandi. Oldin ko‘rilgan jinoiy ishlar, shuningdek, so‘nggi jinoiy ish doirasida yetkazilgan zarar miqdori 3,8 trillion so‘m va 165 million dollarni tashkil etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют