» » Erkaklar va ayollar birdek foydalanishi uchun mo‘ljallangan universal atirlar (foto)

Erkaklar va ayollar birdek foydalanishi uchun mo‘ljallangan universal atirlar (foto)


Endilikda har bir oila a’zosi uchun alohida atir xarid qilishga hojat yo‘q. Bir atirni erkak ham, ayol ham sepishi mumkin. Quyida qaysi atirlar ikkala jins vakillariga to‘g‘ri kelishiga to‘xtalib o‘tamiz.

Au The Noir, BVLGARI

Ayollar ham erkaklar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan atir sepishni endi boshlamoqchi bo‘lganlarga avvaliga o‘tkir iforli bo‘lmagan variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Akkordi qora choy bo‘lgan Eau Parfumee au The Noir ifori uzoq vaqt turish bilan birga o‘tkir bo‘lmagan atir yaxshi variant.

Santal Massoia, Herm?s,

Ushbu atirda quyiltirilgan sut (“sgushyonka”), sandal daraxti va massoya iforlari umumlashmasi mujassam. Ushbu ifor ikki jins vakillariga ham to‘g‘ri keladi.

Velvet Rose&Oud, Jo Malone

Ushbu iforni yaratish uchun atirgullar aynan quyosh ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan vaqtda terib tozalanadi. Gap shundaki, tongda gullar ifori maksimal darajada xushbo‘y bo‘ladi. Atirgul iforda asosiy rolni o‘ynasa, chinnigulning qo‘shilishi uning faqat ayollarga xos bo‘lmasligini ta’minlab, jo‘shqinlik baxsh etadi.

Trouble-F?te, Givenchy

1952-yilda Yuber de Jivanshi libosni universal qilib, uslub borasidagi standartlarni o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan. Korsetlar moda cho‘qqisida bo‘lgan bir vaqtda ko‘rinishi ayollarniki kabi nozik bo‘lmagan shu bilan birga, qulay ko‘ylak va yubkalar taqdim qilgani sabab unga moda olami isyonchisi ta’rifi berilgan. Givenchy brendiga mansub Trouble-F?te atirida mana shunday o‘ziga xoslikni ko‘rish mumkin. Uning nomi ham fransuz tilidan “isyon” deb tarjima qilinadi. Ushbu ifordan foydalanishda gender chegara yo‘qdek tasavvur tug‘iladi. Zanjabil, kunjut va ko‘katlar asosida tayyorlangan atir erkak va ayollarga birdek mos tushadi.

Bal D’Afrique, Byredo

Ushbu atir Afrika ayollari, ularning o‘ziga xos go‘zalligidan ilhomlangan holda yaratilgan. Unda ekzotik gullar, tropik o‘rmon, vino va mevalar hidi mujassam.

Haute Provence/89, Parle Moi de Parfum

Fransiyada joylashgan Provansga bag‘ishlab yaratilgan ushbu ifor lavanda, tarvuz-qovun hamda narsissni yodga soladi. Uzoq vaqt turadigan shu bilan birga har gal yangi ifordek taraladigan atir istaydiganlar uchun Haute Provence/89’dan foydalanish tavsiya qilinadi.

Kiani, Thameen London

Ushbu atirda zumrad tosh va brilliantlar talqini taralgandek iforni his qilish mumkin. U erkaklar uchun mo‘ljallangani bilan ayollar uchun ham to‘g‘ri keladi.

Molecule 04, Escentric Molecules

Arab mamlakatlarida sandal daraxti asosida tayyorlangan ifor faqat erkaklar uchun hisoblanadi. Molecule 04 esa sandal va yavanolning umumlashmasidan tashkil topadi, erkak hamda ayollardan birdek xushbo‘ylik taraladi. Atir tanlaganda stereotiplarga emas, yuragingizga quloq tuting.

Source 1, Hermetica

Agar erkak va ayollarga mo‘ljallangan iforning asosiy g‘oyasi universallik bo‘lsa, unda ushbu atirni 100 foiz ushbu tamoyilga javob beradi deyish mumkin. Hermetic va Prima Materia kolleksiyalarida Source 1 parfyum suvi asosiy rol o‘ynaydi. Boshqa atirlarda ham asos sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan Source boshqa iforlarni o‘tkirroq taralishiga sabab bo‘ladi.

Another 13, Le Labo

13 omadsiz raqam, jasmin esa erkaklar ifori emas, deganlar ushbu atirni sepganidan keyin fikri o‘zgarishi aniq. Atirda 13 xil ingrediyentdan foydalanilgan bo‘lib, unda jasmin va muskus asosiy rol o‘ynaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют