» » 51 yoshli Jennifer Lopes sarvqomat ko‘rinish uchun nimalardan voz kechgani haqida so‘zlab berdi

51 yoshli Jennifer Lopes sarvqomat ko‘rinish uchun nimalardan voz kechgani haqida so‘zlab berdi


Amerikalik xonanda va aktrisa Jennifer Lopes go‘zallik sirlari bilan bo‘lishdi.

“Mashg‘ulotlar tufayli inson o‘zini 100 foiz baxtli his etishiga aminman. Ishonamanki, agar inson tanasi va sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilsa, sevgan insonlariga ham mehr ko‘rsatishda kuch topadi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish juda muhim”, – deydi Jennifer Lopes.

Jenniferning mashg‘uloti

Jennifer chindan ham aytganlarini amalda qo‘llaydi. U haftasiga 3-4 marta mashg‘ulotga boradi. Shuningdek, repetitsiya va konsertlarda ham tinimsiz raqsga tushadi.

U ertalabdan sport zalga boradi, Nyu-Yorkda unga Devid Kirsh, Los-Anjelesda Treysi Anderson murabbiylik qiladi.

Shuningdek, murabbiylar mashg‘ulotga o‘z usullariga ko‘ra yondashadi. Treysi tana vaznga oid, oyoq va son mushaklarini kuchaytirish, press mashqlari bilan ishlaydi.

Kirsh esa yanada jadalroq vazifalar bilan shug‘ullantiradi. Kikboksing, aylanma mashg‘ulot, hujumga o‘tish… Uning dasturi 16 mashqni o‘z ichiga oladi. Jennifer barcha mashqlarni 30 daqiqa davomida bajarib bo‘lishi kerak.

Jenniferning taomnomasi

Aktrisa hech qachon nozik bo‘lishga intilmagan. Ammo tanasi baquvvat va sog‘lom bo‘lishi uchun o‘zini doimiy ravishda ayrim narsalardan cheklab kelgan. Jenniferning ham ko‘plab lotinamerikaliklar singari ortiqcha vaznga moyilligi bor.

Yulduz spirtli ichimlik va qizil go‘shtdan butunlay voz kechgan. “Spirtli ichimlik terini xunuklashtiradi va ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ziyofatlarda menga suv solingan qadahlarni urishtirib bo‘lmaydi, deyishganida men shampan vinosi qadahini urishtiraman va nomiga bir ho‘plam ichaman”, – deydi u.

Qizil go‘sht iste’molida aktrisa yanada qat’iy. “Men qizil go‘shtni ratsionga kiritishim bilanoq, hatto u tuxumning ichida bo‘lsa ham semirishni boshlayman”, – deydi aktrisa.

Uglevodlar hamda shakar to‘xtatilgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Un va makaron mahsulotlari, pitssani faqat bayram kunlari tanovul qilishi mumkin.

Shirinliklar o‘rnini mevalarga bo‘shatib bergan yulduz bu  haqda “Agar shirinlikdan voz kechilsa, inson organizmining shakarga bo‘lgan ehtiyoji seziladi. Shundan so‘ng mevalar xuddi shirin muzqaymoq kabi iste’mol qilinadi”, deydi.

Jennifer, asosan, baliq va sabzavotlarni iste’mol qiladi. Shuningdek, oqsil ham ichadi. Bu unga safarlarda energiya sarfini qoplashga va mashg‘ulotlarda ko‘proq kuch beradi.

Jennifer Lopes rejimi

Aktrisa intizom borasida juda qattiq. U o‘ziga faqat “Oskar” taqdirlash marosimi kunigina rejimni buzishga ruxsat beradi. Qolgan vaqtlari 8 soat uxlash qonun hisoblanadi.

“Uyqusizlik yoki me’yoridan ortiqcha ovqatlanish va beg‘amlik qo‘shimcha vaznga olib keladi. Shuning uchun 9-10 soat uxlashga harakat qilaman. Eng kamida 8 soat uxlash kerak”, deydi aktrisa.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют