» » Dmitriy Peskov Belarusda Rossiyaning harbiy yordamiga ehtiyoj yo‘qligini aytdi

Dmitriy Peskov Belarusda Rossiyaning harbiy yordamiga ehtiyoj yo‘qligini aytdi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, xalqaro shartnomalar doirasida Rossiyaning Belarusga harbiy yordam berish majburiyati bor, biroq hozirda bunday yordamga ehtiyoj yo‘q. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Rossiya qanday vaziyatda Belarusga harbiy yordam ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi savolga Peskov bu masalani nazariy jihatdan baholash imkonsiz ekanligini bildirdi.

Shuningdek, Peskovning aytishicha, Rossiya Belarusdagi saylov natijalarini tan oladi va bu mamlakatda sodir bo‘layotgan barcha hodisalarni ichki ishlar emas deb hisoblaydi. Uning qayd etishicha, Belarusdagi voqealarga tashqaridan aralashishga urinish hollari yuz bermoqda. Peskov bu urinishlarni kim amalga oshirayotganiga aniqlik kiritmagan.

Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko o‘rtasida 14 va 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyin Kreml Rossiya “yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda ittifoqchi mamlakat tuzish haqidagi shartnoma tamoyillari asosida, shuningdek, zarurat bo‘lganda Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti (ODKB) yo‘nalishida” yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Lukashenko 19-avgust kuni Belarus hududida xorijiy davlatlar qo‘shinlari mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Avvalroq Belarus tomon Rossiya Milliy gvardiyasining o‘nlab harbiy texnikalari harakatlanayotgani qayd etilgani, Lukashenkoning atrofidagi odamlar Kreml bilan gaplashib, Rossiyaga qochib ketish imkoniyatini muhokama qilgani, Lukashenko Vitebskdagi desantchilarni Belarus g‘arbiy chegarasiga joylashtirish bo‘yicha buyruq bergani haqida xabarlar berilgandi.

Shuningdek, Aleksandr Lukashenko Belarusga qarshi tajovuzlar boshlanganini, chet el vositachilari orqali muxolifat bilan muloqot o‘tkazmasligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют