WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen film va seriallarda suratga tushmayotgani sababini ma’lum qildi
Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen film va seriallarda suratga tushmayotgani sababini ma’lum qildi
Bir necha yildirki, Fahriya Evjen film va seriallarda kamnamo. Uni faqat qisqa reklamalarda ko‘rish mumkin. Aktrisaning muxlislari uni ushbu mavsumda ekranlarda ko‘rishga umid bog‘lagan edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fahriya bir yarim yashar o‘g‘li Karaanni enaga qarmog‘ida qoldirib, pandemiya sharoitida suratga tushish maydonida bo‘lishni istamaydi.
Aktrisa takliflarni rad etishining sababi o‘g‘lini enagaga ishonmasligi hamda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ekanligini aytib o‘tgan. Ammo agar biror loyiha chindan ham ajoyib bo‘lib, unga yoqib qolsa va prodyuserlar uning shartlari bo‘yicha ishlashga ko‘nsa, aktrisa qarori haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?