» » Ronald Kuman: Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi

Ronald Kuman: Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi


“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman ushbu lavozimga tayinlangach, Lionel Messining jamoani tark etish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Messini klubda qolishga ko‘ndirishimga to‘g‘ri keladimi, yo‘qmi bilmayman. U dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi va siz har doim jamoangizda eng yaxshi futbolchi bo‘lishni xohlaysiz. Bu yerda boshqa izoh yo‘q.

Shaxsan men Messi bilan ishlashni xohlagan bo‘lardim. U jamoaning g‘alabalarida muhim o‘rin tutadi. Agar u qolishni istasa, men juda xursand bo‘laman.

Uning klub bilan shartnomasi bor, lekin, albatta, u bilan gaplashib olishimiz kerak. Biz barcha o‘yinchilar bilan suhbatlashmoqchimiz. Umid qilamanki, Messi yana uzoq yillar klubda qoladi.

Ronald Kuman, “Barselona” bosh murabbiyi

Avvalroq Ronald Kuman “Barselona” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Messining esa jamoaning so‘nggi vaqtlardagi natijalari va klub rahbariyatidan norozi ekanligi tufayli klubdan ketishni istayotgani ta’kidlanmoqda.

Lionel Messining “Real” darvozasiga “Kamp Nou”da urgan 10 ta goli (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют