» » JCh—2018 chiptasiga ega chiqa olmagan Gollandiya termasiga Ronald Kuman bosh murabbiy etib tayinlandi

JCh—2018 chiptasiga ega chiqa olmagan Gollandiya termasiga Ronald Kuman bosh murabbiy etib tayinlandi


Gollandiya Qirollik futbol ittifoqi Ronald Kuman nomzodini mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga tasdiqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma’lumot berdi.

Kuman Gollandiya milliy terma jamoasini 4,5 yil davomida boshqaradi. Uning shartnomasi 2022-yilning 1-iyul sanasida nihoyasiga yetishi ko‘zda tutilgan. Shu tariqa Kumandan Yevro—2020 hamda JCh—2022 kabi yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli ishlash talab etiladi.

Bungacha Gollandiya terma jamoasini Dik Advokat boshqarib kelgan bo‘lib, u o‘tgan yilning noyabr oyida iste’foga chiqarilgandi. Ronald Kuman esa deyarli shu vaqtda Angliyaning “Everton” klubidan bo‘shatilgan.

Kuman murabbiylik faoliyatini aynan Gollandiya termasida boshlagandi. 1997—1998-yillar davomida u yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Mutaxassis karyerasi davomida “Vitess”, “Ayaks”, “Benfika”, “PSV”, “Valensiya”, “AZ”, “Feyenoord”, “Sautgempton”, “Everton” kabi klublarni boshqarib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют