» » O‘zbekistonda yaratilayotgan xavfsiz, qonuniy mehnat migratsiya tizimiga 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi

O‘zbekistonda yaratilayotgan xavfsiz, qonuniy mehnat migratsiya tizimiga 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi


O‘zbekistonda xavfsiz, tartibli, qonuniy mehnat migratsiyasini nazarda tutuvchi yangi tizim yaratilmoqda. Uning yo‘nalishlariga kiruvchi ishlarni amalga oshirish uchun jami 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

Yangi tizim quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi:

Muhitdinov yil oxirigacha 20 ming nafar fuqaro xorijga ketishdan avval kasb-hunar, tilga o‘qitilishi, 30 ming nafar fuqaro tashkil etilgan xavfsiz ish o‘rinlariga xorijga yuborilishini bildirdi. Keyingi yilda o‘qitish 50 ming, tashkil etilgan xavfsiz ish o‘rinlariga yuborish 110 mingga yetkazilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolarni nafaqat O‘zbekiston, balki xorijda ham kasb-hunarga o‘qitish rejasi bor. Rossiyaning 5 ta yirik shahridagi 53 ta kasb-hunar kolleji bilan kelishgan holda kasbiy, rus tili bo‘yicha bilimi yetmagan taqdirda Rossiya va “World Skills” uyushmasi metodikasi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda rus tili bo‘yicha o‘qitiladi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari hozirgi vaqtda O‘zbekistonning har bir hududida kassalar ochilib, aviachiptalar va temiryo‘l chiptalari mehnat migrantlariga imtiyozli sotilayotgani, avtobuslar yo‘lga qo‘yilgani, 200 mingga yaqin fuqaroga xizmat qilinib, 70 mingta sug‘urta polisi berilganini qo‘shimcha qildi. 2019-yildan boshlab mazkur polislar bepul berilmoqda. Yo‘lga bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun imtiyozli kredit ham berilishni boshlangani ta’kidlandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют