» » Germaniya har oy 120 kishiga shunchaki 1200 yevrodan pul beradi. Ushbu tajriba 3 yil davom etadi

Germaniya har oy 120 kishiga shunchaki 1200 yevrodan pul beradi. Ushbu tajriba 3 yil davom etadi


Germaniyada noodatiy ijtimoiy tajriba boshlandi. Unda 120 ta ko‘ngilli ishtirok etadi va ular uch yil davomida oyiga shunchaki 1200 yevro oladi. Bu haqda Esquire ma’lum qildi.

Bu tadqiqot Germaniya iqtisodiy tadqiqotlar instituti va Mein Grundeinkommen uyushmasi tomonidan o‘tkaziladi.

“Biz asosiy daromad jamiyatimiz oldida turgan mavjud muammolarni yengishga yordam beradimi va bu inson fe’l-atvori va munosabatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilmoqchimiz”, – deydi tadbirkor va uyushma asoschisi Mikael Bohmeyer.

Ushbu tajriba davomida tadqiqotchilar odamlar qilayotgan ishidan qat’i nazar yetarli darajada pul olsa, jamiyat va odamlarning o‘zini tutishida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini kuzatishni xohlagan.

To‘lov miqdori mamlakatda kambag‘allik darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Agar daromad ushbu belgidan past bo‘lsa, bu odamni jamiyatdagi faol ishtirokini cheklashga majbur qiladi. Olimlarning maqsadlaridan biri, ularning ta’kidlashicha, shartsiz asosiy daromadga ega bo‘lgan odam inqirozlarga qarshi tura oladimi yoki yo‘qligini aniqlashdir.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish 2020-yil 18-avgustda boshlangan.

Bunday tajriba birinchisi marta o‘tkazilmayapti. 2015-yilda Mein Grundeinkommen va Bohmeyer allaqachon shunga o‘xshash tadqiqot olib borgan va bir yil davomida 26 nafar germaniyalikka oyiga 1000 dollar to‘lagan. Ma’lum bo‘lishicha, odamlar ish joyini tashlamagan, balki aksincha, o‘zlarini xavfsizroq his qilib, ancha yaxshi ishlay boshlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют