» » Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari o‘zgardi

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari o‘zgardi


Buxoroda viloyat IIB axborot xizmati rahbari, boshqarma boshlig‘ining matbuot kotibi o‘zgardi. Bu haqda viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, viloyat IIB axborot xizmatining sobiq rahbari Quvvat Yarashov boshqa lavozimga tayinlangani sababli ushbu vazifani viloyat IIBda tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Shuhrat Jalolov bajarishga kirishgan.

“Ma’lumki, tizimda ommaviy axborot vositalari bilan ishlaydigan, shuningdek, IIB faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlarni tezkorlik bilan ommaga yetkazish bo‘yicha yangi lavozim joriy etilgan. Muhtaram Prezidentimiz e’tibori va ichki ishlar vaziri qarori bilan axborot xizmati rahbari lavozimi tashkilot rahbari o‘rinbosariga tenglashtirilgan”, — dedi Shuhrat Aliyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, matbuot anjumanida tajribali jurnalist va blogerlar viloyat IIB axborot xizmatiga shartnoma asosida ishga taklif qilingan.

“Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘rni katta. Shunga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni o‘z ish joyidan bo‘shamagan holda shartnoma asosida ishga qabul qilish choralarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Ularga to‘lanadigan maosh miqdori ikki yarim milliondan besh million so‘mga yetadi”, — degan viloyat IIB boshlig‘i.

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarga tizimda OAV bilan hamkorlikda ishlovchilar ham tanishtirilgan. Tuman va shaharlarda esa IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari jurnalist va blogerlarga axborot berishga mas’ul ekanligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют