» » IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi


Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra podpolkovnik Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Nuriddinov Ekspert-kriminalistika bosh markazi, kriminalistik ekspertiza va hisobga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

IIV Navoiy akademik litseyi direktorining xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan podpolkovnik Mirzayev Jahongir Umrzoqovich Navoiy viloyati IIB tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, podpolkovnik Omonov Ja’far Jamiyevich Farg‘ona viloyati IIB tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Avval fevral oyida ichki ishlar tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirilgani, martda Surxondaryo va Farg‘ona patrul-post xizmatlariga yangi boshliqlar tayinlangani, aprel o‘rtalarida esa ichki ishlar vazirining buyrug‘i asosida tizimda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani xabar qilingan.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют