» » Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi


10-aprel kuni ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Karamatdin Abdullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Karamatdin Abdullayev tayinlovga qadar Amudaryo tumani IIB boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Akromxon Sodiqov Andijon viloyati, Shahrixon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bugunga qadar Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan podpolkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov Buxoro shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Xo‘janazar Bahriyev Qashqadaryo viloyati Muborak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Xo‘janazar Bahriyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Akbar Savurov Navoiy viloyati Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Uchquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Navoiy viloyati Konimex tumani IIB 12-son ichki ishlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan mayor Aristangali Rayxanov Uchquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Ravshan Shernazarov Navoiy shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Ravshan Shernazarov tayinlovga qadar Karmana tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Yunus Eshmuratov Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan podpolkovnik Akmal Abduraimov Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Bekmirza Shodiyev Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bekmirza Shodiyev tayinlovga qadar Oqoltin tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Shavkat Normurotov Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Sariosiyo tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Farg‘ona viloyati, Quva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan podpolkovnik Elyorjon Xaydamatov Quva tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga doir: Urganch va Yangibozor tumanlarida IIB boshlig‘i o‘zgardi

Eslatib o‘tamiz, mart oyida ham ichki ishlar tizimida bir qator tayinlov amalga oshirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют