» » Zoir Mirzayev uch egizakni dunyoga keltirgan chiroqchilik ona haqida: “Qonun doirasidagi barcha moddiy yordamlarni olishini o‘z nazoratimga olaman”

Zoir Mirzayev uch egizakni dunyoga keltirgan chiroqchilik ona haqida: “Qonun doirasidagi barcha moddiy yordamlarni olishini o‘z nazoratimga olaman”


Qarshi shahar tug‘ruq kompleksida uch nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamovning aytishicha, chaqaloqlar 19-avgust, chorshanba kuni tug‘ilgan.

Chaqaloqlarning ota-onasi Bunyod Aralov hamda Durdona Boboqulova 2019-yil iyun oyida turmush qurgan bo‘lib, egizaklar oilaning birinchi farzandlari.

Tug‘ruqxona bosh shifokori Salima Ochilovaning ma’lum qilishicha, egizaklarning biri o‘g‘il, ikkisi qiz.

“O‘g‘il farzand 2 kg 900, qizlar esa 2 kg 650, 2 kg 600 vazn bilan tug‘ildi. Hozirda ularning ahvoli judayam yaxshi”, — deydi Salima Ochilova.

Ta’kidlanishicha, egizaklarning onasi 25 yoshli Durdona Boboqulova 2019-yil Qarshi davlat universitetini tamomlagan. Otasi Bunyod Aralov esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqichida tahsil oladi.

“Kecha soat 11 da yangilikni eshitib, xursand bo‘lgandim. Yaratgan bizga egizak farzand ato etdi. Yaxshi niyat bilan farzandlarimga Fotima, Hasan va Zuhra deb ism qo‘ydik”, — deydi Bunyod Aralov.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining yozishicha, ushbu xushxabarga viloyat hokimi Zoir Mirzayev ham e’tibor qaratgan.

“Singlimizga onalik baxti muborak bo‘lsin. Uch egizak farzandni katta qilish oson emas, albatta. Har qanday yordamga tayyorman. Ertagayoq egizaklar uchun atalgan sovg‘amni jo‘nataman. Shuningdek, qonun doirasidagi barcha moddiy yordamlarni olishini ham o‘z nazoratimga olaman”, — degan viloyat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil aprel oyida ham onasi tug‘ruqxonaga vertolyotda yetib olgan dehqonobodlik chaqaloqqa viloyat hokimining maxsus sovg‘asi topshirilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют