» » O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 1-dekabrgacha 500 mlrd so‘mlik qo‘shimcha zaxira yaratiladi

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 1-dekabrgacha 500 mlrd so‘mlik qo‘shimcha zaxira yaratiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-avgust, payshanba kuni yangi tizim, tartib va yondashuvlar asosida iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qo‘shimcha zaxira yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, karantin talablari yumshatilgani tufayli mamlakatda iqtisodiy faollik osha boshladi. Savdo, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalardagi tadbirkorlik faoliyati tiklanib, daromadlarni ko‘paytirishga imkoniyat paydo bo‘ldi.

Yig‘ilishda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shahar va tumanlardagi qo‘shimcha imkoniyatlar tahlil qilinib, ularni ishga solish choralari belgilandi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 1-dekabrga qadar 500 milliard so‘m qo‘shimcha zaxira shakllantirishga to‘liq imkoniyat borligi aniq hisob-kitob qilingan. Ushbu mablag‘lar ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash uchun respublika budjetidan berilayotgan pullarga qo‘shimcha resurs bo‘ladi.

Avgust oyida 20 ming, sentabrda 26 mingta korxona faoliyatini to‘liq quvvatga olib chiqish, ularning pandemiya tufayli to‘planib qolgan mahsulotlarini sotish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi. Buning uchun yirik shaharlarda qo‘shimcha savdo joylari tashkil etish, talab yuqori bo‘lgan iste’mol mahsulotlarini to‘liq elektron savdo tizimlariga joylashtirish vazifasi yuklatildi. Xomashyo olib kelish yoki eksportda qiynalayotgan korxonalarning transport-logistika masalalarini hal etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Viloyat hokimlari Biznes-ombudsman, Bojxona qo‘mitasi bilan birga 1-oktabrgacha tadbirkorlar tomonidan keltirilgan texnologik uskunani ishga tushirish hamda ular uchun yer, bino, elektr, gaz va boshqa muhandislik-kommunikatsiya masalalarini hal qilishi zarurligi qayd etildi.

Hududlarda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha zaxiralar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, davlat tomonidan ajratilgan subsidiya va kam foizli kredit evaziga Forish tumanida 100 ta quduq qazilib, oborotdan chiqib ketgan 2700 gektar yerda 6 ta tokzor tashkil etildi. Buning natijasida 2,5 ming yangi ish o‘rni yaratilib, budjetga qo‘shimcha tushum ta’minlanadi.

Shuningdek, Taxiatosh tumanida Issiqlik elektr stansiyasining tashlanma issiq suvidan foydalanib, 54 gektarda 7 ta gidroponika issiqxonasi barpo etilmoqda. Buning hisobiga 2020-yilda 500 ta ish o‘rni yaratiladi va qo‘shimcha soliq manbasi paydo bo‘ladi.

Davlat rahbari barcha hududlarda shunday imkoniyatlar borligini ta’kidlab, ularni oqilona ishga solish, kooperatsiya orqali yangi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, yana bir zaxira erkin iqtisodiy zonalardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan 1 ming gektardan ziyod bo‘sh yer maydonlari hisoblanadi. Ularda 17 ming ish o‘rni yaratiladigan 120 ta loyihani amalga oshirish mumkin. Yig‘ilishda ushbu loyihalarni puxta shakllantirib, tezroq ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

“Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish va shu orqali qo‘shimcha zaxiralarni shakllantirish topshirig‘i berildi. Bunday qo‘shimcha zaxiralar, shu jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim manba bo‘ladi.

Qo‘shimcha zaxiralarning sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va bu borada mahalliy kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga doir: “Tadbirkorga xiyonat qilgan odam siyosatimizga xiyonat qilgan odam bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют