» » Ronald Kuman “Barselona”ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Ronald Kuman “Barselona”ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi


“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa tarkibini bir nechta yangi futbolchilar bilan kuchaytirish niyatida, deb yozmoqda AS nashri.

Qayd etilishicha, niderlandiyalik mutaxassis Kataloniya klubi himoyachi Erik Garsiya (“Manchester Siti”), yarim himoyachisi Donni van de Bek (“Ayaks”) hamda hujumchi Lautaro Martineslarni (“Inter”) sotib olishini xohlamoqda.

Ta’kidlash joiz, Kumanning o‘zi Zigoo TV’ga bergan intervyusida koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Barselona”ning 5-6 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi qiyin ekanligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kuman 19-avgust kuni “Barselona” bosh murabbiyiga aylandi. U bu lavozimda Kike Setyen o‘rnini egalladi.

Ronald Kumanning “Barselona” safidagi qoyilmaqom 10 ta goli (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют