» » Toshkentda ikki nafar ishchi omborxonadan 57 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketgani aniqlandi

Toshkentda ikki nafar ishchi omborxonadan 57 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketgani aniqlandi


Toshkentda ikki oy davomida omborxonadan umumiy qiymati 57 ming dollardan ortiq turuvchi trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yakkasaroy tumani IIO FMBga may oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davr mobaynida 22 yoshli Sh.O. va 28 yoshli B.T. MChJlardan birining omborxonasidan 57 870 AQSh dollariga teng trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketgani to‘g‘risida shikoyat arizasi kelib tushgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu fuqarolar shu korxonaning ishchilari bo‘lgan. O‘g‘rilik haqida IIBga MChJ rahbarining o‘rinbosari — 41 yoshli J.S. xabar bergan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshlarida Toshkentda omborxona mudiri sherigi bilan 116 million so‘mlik mahsulotni o‘g‘irlab sotgani aniqlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют