» » Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi metall konstruksiyalar zavodiga bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi metall konstruksiyalar zavodiga bordi (foto)


Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident dastlab “Bektemir metall konstruksiyalari” mas’uliyati cheklangan jamiyat zavodiga borgan.

Loyihaning umumiy qiymati 48 million dollar bo‘lib, 2018-yilda ishga tushirilgan. Korxona yiliga 65 ming tonna ruxlangan metall, 1600 kilometr yo‘l to‘siqlari, 130 ming tonna payvandlangan quvur va 17 ming dona yoritish ustuni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Metall konstruksiyalarini issiq haroratda ruxlash Italiyaning Bisol S.p.A. uskunasida xalqaro me’yorlar va sifat standartlari darajasida amalga oshirilmoqda. Bunday mahsulotlar chidamliligi, ko‘rimliligi va o‘rnatish jarayonida qulayligi bilan afzal. Shuningdek, bu yerda Xitoy, Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilgan.

Korxonada jami 375 nafar muhandis va ishchi mehnat qilmoqda.

Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar bergan.

“Bu texnologiyalar ham, mahsulotlar ham yaxshi. Lekin har dam rivojlanishni o‘ylash kerak. Arzon, xavfsiz va sifatli konstruksiyalar ishlab chiqarib, korxonaning qurilish industriyasidagi o‘rnini kengaytirish zarur. Mahsulot qachon arzon bo‘ladi? Sharoit yaratsak”, — deydi Prezident.

Bunga erishish uchun loyihalashtiruvchi guruh tuzish, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya tajribasi asosida korxonani sanoat klasteriga aylantirish muhimligi ta’kidlangan. Malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Davlat rahbarining Bektemir tumaniga safari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют