» » Turkiya “Angren” EIZda Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy metall konstruksiyalari zavodini ishga tushirdi

Turkiya “Angren” EIZda Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy metall konstruksiyalari zavodini ishga tushirdi


Turkiyaning Dal Teknik Makina Ticaret ve Sanayi A.?. Angren erkin iqtisodiy zonasida Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy metall konstruksiyalari zavodini ishga tushirdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.

Korxonada turli tarmoqlar, jumladan, karkas qurilmalari, elektr uzatish liniyalari, quyosh panellari, shamol turbinalari, minora va ko‘prik kranlari, rezervuarlar uchun qo‘llanadigan metall konstruksiyalari ishlab chiqariladi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 12 ming tonna mahsulotni tashkil etadi. Ikkinchi bosqichda bu ko‘rsatkich 24, uchinchisida esa 30 ming tonnaga yetadi. Turk kompaniyasi loyihaga 10,7 million dollar investitsiya kiritdi, 170 ta yangi ish o‘rni yaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2018, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют